AMAN Residence — yaxshisini tanlaydiganlar uchun Chilonzordagi yangi uy-joy standarti.
Toshkentlik oilalarning ko'pchiligi bitta narsani orzu qiladi: qulay, xavfsiz, rivojlangan hududda yashash — va nufuz uchun ortiqcha pul to'lamaslik.
Biz bularning barchasini bir joyda jamlagan yechimni topdik.
Chilonzorning qoq markazida hayot sifati uchun murosa qildirmaydigan turar-joy majmuasi qurilmoqda.




Toshkentda qurib topshirilgan loyihalarga ega developer. Qurilishning har bir bosqichida to'liq sifat nazorati.



Chilonzorda Komfort+ uylar qulay shartlarda. Har bir xaridor BYD Song Plus Champion elektromobili qur'asida qatnashadi.
Ishtirokchilar soni 300 nafarga yetgach, BYD Song Plus Champion qur'asi o'tkaziladi. Har bir yangi xarid bu kunni yaqinlashtiradi.
Ishtirokchilar qatoriga qo'shiling.
Narxlar shaffof: na yashirin to'lovlar, na vositachi ustamasi — xonadonni to'g'ridan-to'g'ri quruvchidan olasiz.
Ilgari o'z so'rili hovlichasi faqat birinchi qavatdagilargagina nasib etardi — siz esa sakkizinchi yoki o'n ikkinchi qavatda yashaysiz. Endi buning ahamiyati yo'q. Tomga ko'tarilasiz — va ko'z oldingizda butun Chilonzor, tiniq oqshomda esa deyarli butun Toshkent namoyon bo'ladi, chiroqlar yonadi. Mana, sizning terrasangiz: so'rilar, ko'katlar, gullar — parvarishlangan hovli, faqat shahar uzra, yuksakda.
Oqshomlari — iliq shabada ostida qo'shnilar bilan choy. Tonglari — yangi kun boshlanishidan avval toza havoda nonushta. Mehmonlar bilan suhbatlashishga ham joy bo'ladi. Siz shunchaki xonadonga emas, balki o'zingiz va yaqinlaringiz uchun shahar oyog'ingiz ostida yastangan muhtasham dam olish maskaniga ega bo'lasiz.
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — call-markaz menejeri yaqin orada qo'ng'iroq qiladi, barcha savollaringizga javob beradi va sotuv bo'limida uchrashuvni bron qilib beradi.
Call-markaz menejeri yaqin orada sizga qo'ng'iroq qiladi, barcha savollaringizga javob beradi va sotuv bo'limida uchrashuvni bron qilib beradi.
Ofis har kuni ochiq. Konsultatsiya olish uchun oldindan yoziling.
100% to'lov — 10 800 000 so'm/m². 36 oyga bo'lib to'lash — 12 800 000 so'm/m², boshlang'ich to'lov 30%. BYD Song Plus Champion qur'asida ishtirok eting. Ushbu shartlardagi xonadonlar soni cheklangan.
Konsultatsiya olish